“Burj Xalifa”ga reklama o`rnatish narxi qancha?

Dunyodagi eng baland bino hisoblanadigan Dubaydagi Burj Xalifa minorasida reklama namoyishi narxi ma’lum bo`ldi. Bu ish bilan shug`ullanadigan marketing agentligining aytishicha, 3 daqiqalik namoyish uchun to`lanadigan narx 250 ming BAA dirhami (68 ming AQSH dollari) dan boshlanadi.

Hafta ichida bu narx 250 ming dirhamdan boshlansa, dam olish kunlari u 350 ming ( 95 ming dollar) gacha ko`tariladi. Har bir reklamani joylashtirish uchun Emaar Properties kompaniyasi bilan muzokara olib borish shart.

Mashhur svetodiot ekranlarga musiqiy ko’rinishlar ham joylashtirish mumkin.

Burj Xalifa binosining old qismidan bundan avval Noon.com, Cartier, Huawei va Walt Disney kabi kompaniyalar ham foydalangan edi.