O`zbekiston mini-futbol terma jamoasi Qozog`iston terma jamoasini mag`lub etdi.
Futzal bo`yicha O`zbekiston terma jamoasi Nursulton shahrida Qozog`iston terma jamoasiga qarshi o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazdi.
Birinchi bo`limdan so`ng O`zbekiston terma jamoasi 3:0 hisobida mag`lubiyatga uchrayotgan edi. Ikkinchi bo`limda futbolchilarimiz o`yinni o`z tomoniga og`dira olishdi. Uchrashuv 4:6 hisobida yakunlandi.
Jamoamizni g`alaba bilan muborakbod etamiz.