Italiya va Markaziy Osiyo tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi bo‘lib o`tadi

Tashqi ishlar vazirligining xabar berishicha, 2021-yil 8-dekabr kuni Toshkent shahrida “Italiya – Markaziy Osiyo” shaklidagi ikkinchi vazirlar konferensiyasi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir davomida Markaziy Osiyo mamlakatlari, Italiya tashqisiyosat idoralari rahbarlari va Yevropa Ittifoqi vakillari mintaqadagi dolzarb muammolar, siyosat, iqtisodiyot va sog‘liqni saqlash sohalarida hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qiladilar.

Konferensiya doirasida “Italiya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi ilmiy hamkorlikning hozirgi holati va rivojlanish istiqbollari” mavzusida davra suhbati ham o‘tkaziladi.