Jahon banki Afg‘onistonga yordam uchun muzlatilgan mablagʻlardan 280 million dollar sarflashga rozi

Reuters agentligi chorshanba kuni, Jahon banki kengashi muzlatilgan Afg‘oniston trast fondidan 280 million dollarni mamlakatga yordam berish uchun ikki yordam agentligiga o‘tkazishni ma’qullaganini aytdi.

Bu yordam Afgʻonistonga Tolibonning hokimiyatni egallashi va Qoʻshma Shtatlar qoʻshinlarini olib chiqib ketishidan soʻng yomonlashayotgan iqtisodiyoti oqibatlarini yengib oʻtishga yordam berish uchun moʻljallangan.

Manbalarning taʼkidlashicha, Jahon banki tomonidan boshqariladigan Afgʻonistonni qayta tiklash trast fondining 31 donorlari mablagʻlar Jahon oziq-ovqat dasturi va Birlashgan Millatlar Tashkilotining “YUNISEF” bolalar jamgʻarmasiga yetib borishidan oldin transferga rozi boʻlishi kerak.

Ikki manbaning qo‘shimcha qilishicha, donorlar juma kuni uchrashishi kutilmoqda.