Jahon kubogini kumush medal bilan yakunladik

Toshkentda qilichbozlik bo`yicha yoshlar o`rtasida Jahon kubogi o`z yakuniga yetdi. Musobaqaning so`nggi kunida sablya bo`yicha jamoaviy yo`nalishda g`olib va sovrindorlar aniqlandi.

Turnirda yurtimiz sharafini himoya qilgan qilichbozlarimiz finalgacha mardonavor yetib borishdi. Hal qiluvchi bosqichda vakillarimiz misrlik qilichbozlarga qarshi jang qilishdi, biroq yakunda omad afrikalik sportchilar tomonda bo`ldi.

Uchinchi o`rin uchun kechgan bellashuvda rossiyalik qilichbozlar polshalik raqiblaridan ustun kelishdi.

Sablya, jamoaviy:
1. Misr
2. O`zbekiston (Sh.Mamutov, P.Genjebayev, B.Rasulov, J.Dushamboyev)
3. Rossiya

Shu tariqa, qilichbozlarimiz mazkur musobaqani 1 ta kumush va 2 ta bronza medallari bilan yakunlashdi. Eslatib o`tamiz, bungacha rapirachilarimiz jamoaviy dasturda va sablyachimiz Pazil Genjebayev yakkalikda bronza medali bilan taqdirlangan edi.