Jizzax viloyatida Madaniy meros obyektlariga zarar yetkazganlik holatlari aniqlandi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazir o‘rinbosari – Turizm va sport vazirining topshirig‘iga asosan, “Madaniy meros obyektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari ijrosi nazoratini tashkil etish va ularning hududlarda ijrosi natijadorligiligini tanqidiy tahlil qilish va o‘rganish maqsadida Turizm va sport vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi direktori Tursunali Kuziyev boshchiligidagi Respublika ishchi guruhi tomonidan mamlakatimizning barcha hududlarida o‘rganish ishlari olib borilmoqda

Xususan, 2021-yilning 10-dekabr kuni Ishchi guruh tomonidan Jizzax viloyatidagi madaniy meros obyektlari holati o’rganildi.

O‘rganish davomida G‘allaorol tumani Sarbozor MFY hududida joylashgan “Sarbozor” (Qonchiqar tepa) arxeologiya yodgorligida qurilish ishlari olib borilganligi maʼlum bo‘ldi. Jumladan, G‘allaorol tuman hokimining 2015-yil 12-dekabrdagi tegishli farmoyishi asosida fuqaro T.B.ga berilgan yer uchastkasida yaʼni madaniy meros obyektining muhofaza hududida avtomobillarni yuvish shoxobchasi qurilib, Jizzax viloyati Madaniy meros boshqarmasining ruxsatisiz boshqa shaxs tomonidan foydalanilib kelinayotganligi aniqlandi. 

Holat bo‘yicha Ishchi guruh tomonidan Jizzax tumanlararo maʼmuriy sudiga G‘allaorol tuman hokimining 2015-yil 12-dekabrdagi tegishli farmoyishini haqiqiy emas deb topish to‘g‘risida daʼvo ariza yuborilishi taʼminlandi.

“Sarbozor” (qonchiqar tepa) arxeologiya yodgorligidan foydalanish nazoratga olindi.