Kanada 3 mamlakatdan keluvchi sayohatchilarga kirishni taqiqladi

Seshanba kuni Kanada Nigeriya, Malavi va Misrdan keladigan sayohatchilarga kirishni taqiqladi. Bu “Omicron” yangi koronavirus shtammining tarqalishidan xavotirlar fonida sodir boʻldi.

Toronto Star nashriga manbalarning xabar berishicha, bu davlatlar avvalgi ro‘yxatdagi Janubiy Afrika Respublikasi, Mozambik, Botsvana, Zimbabve, Lesoto, Esvatini va Namibiya davlatlari qatoriga kiritilgan.

Kanada, shuningdek, “Omicron” varianti bilan birinchi infektsiyani qayd etgan Gollandiyaga sayohat taqiqini kengaytirdi va manba seshanba kuni ertalab bo’lib o’tgan yig’ilishda Vazirlar Mahkamasi yangi choralarni ma’qullaganini aytdi.

Manbaning ta’kidlashicha, uchrashuv davomida boshqa masalalar, jumladan, Kanada aeroportlariga kelgan barcha sayohatchilarga COVID-19 testini o’tkazish muhokama qilingan.

Vazirlar mahkamasi yig’ilishidan so’ng sog’liqni saqlash vaziri Jan-Iv Dyuklos yangi qarorlar keyinroq e’lon qilinishini aytdi. Jamoat xavfsizligi vaziri Marko Mendisino chegara choralari haqida izoh berishdan bosh tortdi.