LEGO o`yinchoqlari oltin va obligatsiyalardan ko`ra yaxshiroq foyda keltirishi aniqlandi

“LEGO o`yinchoqlar to`plamlari yirik miqdordagi aksiyalar, obligatsiyalar, oltin va investitsiyalarning muqobil manbalaridan ko`ra o`rtacha hisobda yaxshi daromad keltiradi”, – dedi Oliy Iqtisodiyot maktabi iqtisodchilari Research in International Business and Finance nashriyotida chop etilgan tadqiqotlarida. Olimlar 1987 yildan 2015 yilgacha bo`lgan narxlar dinamikasini tahlil qilib, sarmoya sifatida LEGOning o`rtacha daromadi 11 foiz (real qiymatda 8 foiz) ekanligini aniqladilar.

Narxlarni tahlil qilish 1987 yildan 2015 yilgacha bo`lgan davr uchun amalga oshirildi. “Vaqt o`tishi bilan soni kamayib boradigan o`yinchoqlar yuqori foyda keltirish qiymatiga ega va ikkilamchi bozorda katta daromad olish ehtimolini ko`rsatdi”, – deyiladi tadqiqot matnida. Shuningdek, ular LEGO to`plamlari sarmoya sifatida qaralganda, bozor o`zgaruvchanligi va bozor xavf omillariga bog`liq emasligini ta’kidlashdi.

Tadqiqot mualliflari arxitektura va kino mavzusidagi LEGO to`plamlari eng yuqori rentabellikni ko`rsatganini qayd etdilar. Kichik va katta qismlardan iborat to`plamlarning qiymati o`rta o`lchamdagi to`plamlarga qaraganda ko`proq oshgan.