Nyu-York rasmiylari: “Omikron” shaharda tarqalmoqda

Nyu-York shahri ma’muriyati koronavirusning “Omikron” shtammi shaharda tarqala boshlaganini e’lon qildi.

Nyu-York rasmiylari tomonidan e’lon qilingan bayonotda, “Nyu-Yorkdagi konferentsiyada qatnashgan Minnesota shtatidan bo’lgan bemorda yangi mutatsiya aniqlangani bu shtamm allaqachon bizning shahrimizda tarqalib ketgan degan taxminni talab qiladi”.

Bayonotda aytilishicha, yuqorida qayd etilgan bemor Nyu-Yorkda 19-21 noyabr kunlari bo’lib o’tgan AnimeNYC konferentsiyasida qatnashgan.

Shahar ma’muriyati Nyu-Yorkliklarni emlash va jamoat joylarida niqob taqishga chaqirib, hozirgi vaqtda karantinning hojati yo’qligini ta’kidladi.

Soʻnggi xabarlarga koʻra, Nyu-Yorkda beshta “Omikron”ga chalinish holati aniqlangan. Bu haqida shtat gubernatori Keti Xokul tvitterda yozgan.