O`zbek filmi Gran-priga sazovor bo`ldi

O`zbek kinoijodkorlarining “Tutkunlik” badiiy filmi “Volokolamsk chegarasi” xalqaro kinofestivalining Gran-prisiga sazovor bo`ldi.

Film rejissyor Rashid Malikov tomonidan suratga olingan.

Syujet o`zbek rasmiylarining Suriya va Yaqin Sharqdagi jangovar zonadan o`zbeklarni olib chiqish bo`yicha “Mehr” operatsiyalaridan birining real voqealariga asoslangan.

“Mehr” chuqur insonparvarlik harakati bo`lib, uni keng ommaga namoyish etish muhim edi”, – deya tushuntirish berdi film rejissyori.

2020-yildan boshlab O`zbekiston hukumati Yaqin Sharq va Afg`onistondagi qurolli mojarolar zonasida bo`lgan 435 nafar mamlakat fuqarolarini (asosan ayollar va bolalar) maxsus reyslar orqali vatanga qaytargan.

2021-yilda “Volokolamsk chegarasi” harbiy-vatanparvarlik filmining xalqaro kinofestivali 18-marotaba o`tkazildi.

Tanlov dasturida Qozog`iston, Qirg`iziston, O`zbekiston, Belarus, Ukraina, Serbiya, Gretsiya, Xitoy va Gruziyadan filmlar ishtirok etdi.