O`zbekiston “Al-Burda” xalqaro festivalida ishtirok etmoqda

Shu kunlarda Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi o‘zining “Dixit Algorizmi” nomli ko‘rgazma loyihasi bilan “EXPO-2020 DUBAI” butunjahon ko‘rgazmasi doirasidagi “Al-Burda” Xalqaro festivalida ishtirok etmoqda.

Bu haqda jamg`armaning Instagram hisobida ma’lumot beriladi.
Al Burda festivali – bu BAA Madaniyat va yoshlar ishlari vazirligi rahbarligidagi fanlararo platforma hisoblanadi.
Platformaning maqsadi Islom san’ati va madaniyatini rivojlantirishdan iborat.

Ko‘rgazma dunyoga mashxur olim Muso al-Xorazmiyning asosiy izlanishi – “Al-jabr val-Muqobala” asariga bag‘ishlangan. Bu asar 820-yilda yozilgan va uning lotincha tarjimasi asli “algoritm” so‘ziga asos solgan. Ko‘rgazma kuratori Jozef Grima (Space Caviar Studio) tomonidan kuratorlar Sheyda Gomashi va Kamilo Oliveyralar hamkorligida olib borilmoqda.