O`zbekiston va Latviya o`rtasidagi aviaqatnov imkoniyatlari kengayadi

Uzbekistan Airways va airBaltic qoʻshma sheriklik qatnovlari toʻgʻrisidagi yangi bitim asosida hamkorlikni yoʻlga qoʻyib, yoʻlovchilar uchun Oʻzbekiston va Latviya poytaxtlari oʻrtasida qulay sayohat imkoniyatlarini kengaytirmoqda. ⠀

Bu haqda aviakompaniyaning rasmiy Telegram kanali xabar beradi.

 Yangi shartnomaga muvofiq, 2021-yil 22-noyabrdan boshlab airBaltic Uzbekistan Airways’ning Toshkent va Riga oʻrtasidagi reyslarida oʻz marketing kodlarini oʻrindiqlar kvotasini cheklovsiz joylashtiradi. Shunday qilib, airBaltic mijozlari uchun Oʻzbekiston va Markaziy Osiyodagi shaharlar bilan aloqa yaxshilanadi, Uzbekistan Airways yoʻlovchilari esa Yevropa airBaltic tarmogʻining qulay imkoniyatlaridan foydalanish huquqiga ega boʻladilar.