Qo’shma Shtatlar yangilangan “B61” yadroviy bombasining birinchi namunasini ishlab chiqardi

AQSh Energetika vazirligining Yadroviy xavfsizlik milliy boshqarmasi Qo’shma Shtatlar o’zining yangilangan “B61” yadro bombasining prototipini ishlab chiqarganini ma’lum qildi.

Ma’muriyatning ta’kidlashicha, ushbu mahsulot 23-noyabrda ishlab chiqarilgan va 1968 yilda foydalanishga topshirilgan oldingi bombaning to’rtta joriy modifikatsiyasidan uchtasi (B61-12) o’rnini bosishi rejalashtirilgan.

Ishlab chiqilgan jangovar kallak B61-3, B61-4 va B61-7 o’rnini bosadi va modernizatsiya natijasida bombaning xizmat qilish muddati kamida 20 yilga oshiriladi.

Yangilangan bombaning to‘liq partiyali ishlab chiqarilishi 2022-yilning may oyida boshlanishi, barcha zarur yadro kallaklari 2026-moliya yilida yakunlanishi kutilmoqda.