Si Szinpin dinni “xitoylashtirishni” taklif qilmoqda

Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy qo`mitasi bosh kotibi Si Szinpin dinni “xitoylashtirish”ning ahamiyati haqida gapirib, internetdagi diniy faoliyat ustidan nazoratni kuchaytirishga chaqirdi. U diniy mavzudagi anjumanda shunday taklif bilan chiqdi. Bu haqida South China Morning Post nashri xabar beradi.

“Diniy faoliyat qonunlar va qoidalar doirasida olib borilishi, ular fuqarolarning farovonligiga zarar yetkazmasligi, jamoat tartibi va axloqiy me’yorlarni buzmasligi, ta’lim, sud va ma’muriy masalalarga yoki jamoat hayotiga aralashmasligi kerak”, – dedi XXR raisi.

Uning fikricha, hokimiyat dinni xalq, kommunistik partiya va sotsializm bilan ko`proq bog`lashi uchun uni “xitoylashtirish” kerak.