Yangi Janubiy Uels universiteti xalqaro stipendiya dasturi

Avstraliyada joylashgan Yangi Janubiy Uels universitetining 2022 o`quv yili xalqaro stipendiya dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda. Grantni qo`lga kiritish uchun dunyoning istalgan qismidan barcha xalqaro talabalar ariza berish huquqiga ega. Grant berilishidan maqsad magistratura va doktorantura darajalarida taʼlim olishni istagan xalqaro talabalarni qo`llab-quvvatlashdir.

Grant deyarli barcha akademik yo`nalishlar va mutaxassisliklar uchun taqdim etiladi. Ajratilgan grant miqdori o’qish va yashash xarajatlarini to’liq qoplaydi.

Universitet 1949 yilda tashkil topgan. Universitetda 69000 nafar talabalar ta’lim oladilar. OTM dunyo ta’lim muassasalari o`rtasida 44 o`ringa munosib ko`rilgan.

Yangi Janubiy Uels universiteti granti tafsilotlari:

Universitet: Yangi Janubiy Uels universiteti;

Ilmiy daraja:  magistratura, doktorantura;

Grant miqdori: o’qish va yashash xarajatlari to’liq qoplanadi;

Kim uchun: xalqaro talabalar uchun;

Grant taqdim etayotgan mamlakat: Avstraliya;

Hujjatlarni topshirish uchun oxirgi muddat: 2022 yil 4 fevral.