Yaponiyada birinchi kiber sport maktabi ochiladi

2022-yilda yapon o`rta maktab o`quvchilari “kibersport maktabi” deb ataladigan yangi ixtisoslashtirilgan maktabga o`qishga kirishlari mumkin bo`ladi. Uni NNT telekom gigantining kibersport bo`limi, shuningdek, Tokyo Verdiga tegishli kibersport jamoasi qo`llab-quvvatlaydi.

Maktab zamonaviy Shibuya tumanida joylashgan. U o`zining chorrahasi bilan mashhur yuzlab filmlar, o`yinlar va animelarda tasvirlangan. Maktabning ichki dizayni sanoat kiber uslubida ishlab chiqilgan va odatiy yapon maktablaridan butunlay farq qiladi.

Maktabda Intel Core i7-11700 va Nvidia GeForce RTX 3070 bilan jihozlangan 40 ta Galleria XA7C-R37 kompyuterlari joylashadi. O`quvchilar qaysi o`yinlarni o`ynashi mumkinligi hozircha e`lon qilinmagan.

Muassasada o`quvchilarga yo`l ko`rsatish uchun maxsus o`qituvchilar, kibersportchilar va boshqa soha vakillari jalb etiladi.

Ahamiyatli jihat shundaki, maktab faqatgina o`yinlar o`ynash makoni bo`lib qolmaydi. Odatiy ta`lim olishdan tashqari o`quvchilarga individual dasturlash kurslarini o`qitish ham rejalashtirilgan.

Maktab veb-saytida ta`kidlanishicha, bitiruvchilar turli sohalarga – VR (virtual reallik) youtuberlaridan tortib o`yin mualliflari, dizaynerlar, dasturchilar, strimerlar, professional geymerlar va o`yin hamda dasturlash bilan bog`liq boshqa kasblarga jalb etiladi.

2022-yil yanvar oyida maktabda ochiq eshiklar kunini o`tkaziladi. Har bir qiziquvchi maktabga tashrif buyurishi va muassasa haqida ko`proq ma`lumot olishi mumkin. Kibermaktabda o`qish qanchaga tushishi ma`lum qilinmagan.