2021-yil Chikagoda eng qonli yil boʻldi

Amerikaning Chikago shahri tarixida 2021 yil eng qonli yil bo’ldi.

Politsiya departamenti shanba kuni e’lon qilgan statistik ma’lumotlarga ko’ra, shi yil otishmalar natijasida chorak asr ichida eng ko’p odam o’ldirilgan yil boʻlgan.

Statistik ma’lumotlarga ko’ra, 2021 yil 797 qotillik bilan yakunlangan, 2020 yilga nisbatan 25 jinoyatga ko’paygan va 2019 yilga nisbatan 299 jinoyatga ko’paygan, bu 1996 yildan beri eng yuqori ko’rsatkichdir.

2021-yilda 3561 ta otishma sodir boʻlgan, bu 2020-yilga nisbatan 300 dan bir oz koʻproq, shaharda 2019-yilda qayd etilganidan 1415 taga koʻp.

AQShning boshqa shaharlarida ham qotilliklar sonining ko’payishi kuzatildi, ammo Chikago, avvalgi yillardagidek, 2021 yilni AQShning boshqa shaharlariga, shu jumladan Nyu-York va Los-Anjelesga qaraganda ko’proq qotilliklar bilan yakunladi.