AQShda bir kunda bir milliondan ortiq koronavirusga chalinish holatlari qayd etildi

Amerikaning “Jons Xopkins universiteti” maʼlumotlariga koʻra, dushanba kuni mamlakatda bir million 84 mingga yaqin koronavirus yuqtirish holati aniqlangan, bu pandemiya boshlanganidan beri kunlik eng koʻp koʻrsatkichdir.

Shunday qilib, 31 dekabrda o’rnatilgan oldingi rekord (590 000 holat) yangilandi.

“Bloomberg” e’lon qilingan ma’lumotlar haqiqiy vaziyatni aks ettirmasligi mumkinligini ko’rsatmoqda, chunki ko’plab amerikaliklar uyda koronavirus testlarini o’tkazmoqda va natijalar haqida statistik agentliklarga xabar bermayapti.

Epidemiya boshlanganidan buyon mamlakatda 56 milliondan ortiq koronavirus yuqtirish holati qayd etilgan, COVID-19 tufayli 820 mingdan ortiq odam vafot etgan.