AQShning Kolorado shtatida yuzlab uylarni vayron qilgan yong‘inlar ortidan qor yog‘ishi kutilmoqda

AQShning Kolorado shtatida yuzlab uylarni vayron qilgan kuchli shamol tufayli yuzaga kelgan halokatli yong’inlar ortidan kuchli qor yog’ishiga kutilmoqda.

AQSh meteorologiya departamenti shtatning baʼzi hududlarida 30 santimetrgacha qor yogʻishi kutilayotganini va bu yongʻinlarni oʻchirishga hissa qoʻshishi kutilayotganini, biroq bu baʼzi hududlarda harakat paytida hayotga xavf tugʻdiruvchi yangi muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini taʼkidladi.

Yong’inlar Denverning shimoli-g’arbidagi Boulder okrugida 650 gektardan ortiq yashil maydonni yondirdi va Superior shahridagi mehmonxona, savdo markazi va turar-joy majmuasini vayron qildi.

Kolorado va Amerikaning G’arbiy qismi yillar davomida doimiy qurg’oqchilikdan aziyat chekmoqda, bu esa bu hududlarni o’rmon yong’inlariga qarshi himoyasiz holga keltirmoqda.