Bruklinda bir ayol otib oʻldirildi

Nyu-York politsiyasining ma’lum qilishicha, kecha Bruklinda bir ayol qurolli shaxs tomonidan otib oʻldirilgan.

New York Post nashriga ko‘ra, politsiya Bruklinda 36 yoshli ayol va uning iti qurollangan shaxs tomonidan o‘ldirilganini aytdi.

“Hujumchi ayolni Bedford-Stuyvesant tumanidagi DeKalb va Franklin ko’chalari chorrahasi yaqinida, taxminan 21:45 da nishonga olgan”, dedi politsiya.

Politsiyaning maʼlum qilishicha, ayol Bruklin kasalxonasiga olib ketilgan va u o‘sha yerda o‘lgan.