Buyuk Britaniya O‘zbekistonda berilgan koronavirusga qarshi emlanganlik to’g’risidagi sertifikatlarni rasman tan oladi

Mamlakatimizning London shahridagi Elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 10-yanvaridan boshlab Buyuk Britaniya O‘zbekistonda berilgan koronavirusga qarshi emlanganlik to’g’risidagi sertifikatlarni rasman tan oladi.

Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining Telegram kanali xabar qildi.

Bunda agar hujjat egasi quyidagi vaksinalardan biri bilan mamlakatga kelishidan kamida 14 kun oldin emlashning to’liq kursini tugatgan bo’lsa, emlanganlik sertifikati haqiqiy deb tan olinadi: Covaxin, Moderna, Janssen (bitta doza), Novavax (Nuvaxovid va Covovax), Oxford/AstraZeneca, Pfizer/BioNTech, Sinopharm Beijing, Sinovac-CoronaVac.