Elon Mask o`zining 140 metrlik “metal qo`llari” bilan maqtandi

SpaceX asoschisi Elon Mask “Mechazilla” deb nomlangan ulkan mexanik qo`l minorasini jonli ravishda namoyish etdi. U Space Heavy raketa kuchaytirgichni tutib olish va yonilg`i quyish hamda keyingi parvozga tayyorgarlik ko`rish uchun ishlatiladi.

Hozirga qadar Mechazillaning faqat konsepsiyasi namoyish etilgandi. Biroq kuni-kecha taqdim etilgan video orbital parvoz inshootiga xizmat ko`rsatish uchun futuristik minora qurilishi tugallanayotganini tasdiqlaydi. Minoraning balandligi taxminan 140 metr.

Elon Mask kelajakda Space Heavy raketasini va Starship kosmik kemasini Yerga qaytarish jarayoni faqat Mechazilla yordamida amalga oshirilishini tasdiqladi. U shuningdek, “SpaceX robot qo`llar yordamida insoniyat tarixidagi eng katta kosmik kemani ushlashga harakat qiladi. Men muvaffaqiyatga kafolat bermayman, lekin bu albatta qiziqarli bo`ladi” dedi.