Erdo‘g‘an turklarni barcha jamg‘armalarini lirada saqlashga chaqirdi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an foiz stavkalari inflyatsiya sababchisi ekanini ta’kidlab, turklarni jamg‘armalarini mahalliy valyutada saqlashga chaqirdi.

Erdo‘g‘an Istanbulda yangi yil arafasida qilgan chiqishida, mahalliy valyutaning dollar va boshqa xorijiy valyutalarga nisbatan o‘zgaruvchanligi saqlanib qolayotgan bir paytda, “Men barcha fuqarolar o‘z jamg‘armalarini turk lirasida saqlashlarini va barcha bizneslarini unda yuritishlarini istayman”, dedi.

Shuningdek, u tadbirkorlarni oltin jamg‘armalarini bank tizimiga olib kirishga chaqirdi va yana foiz stavkalari inflyatsiyaga sabab bo‘layotganini aytdi.