Fransiya “Facebook” va “Google”ga 200 million yevrodan ortiq jarima soladi

Fransiyaning Axborot va erkinliklar qo‘mitasi “Google” va “Facebook” ijtimoiy tarmog‘iga reklama maqsadida qo‘llanilayotgan “cookie”lar tufayli katta miqdorda jarima solishi haqida e’lon qildi.

Qo‘mita “Google”ga 150 million yevro, “Facebook”ga esa 60 million yevro jarima solishga qaror qildi.

Axborot va erkinliklar qo’mitasi frantsuzlarning shaxsiy hayotini elektron va raqamli sohadagi huquqbuzarliklardan himoya qilish uchun mas’uldir.

Cookie-fayllar veb-saytlar tomonidan o’z tashrif buyuruvchilarning qurilmalariga texnik yoki maqsadli reklama maqsadlarida o’rnatiladigan kichik fayllardir.