Germaniyadagi amerikalik askarning 76 yil kechikkan xati

Amerikalik askar Jon Gonsalves Ikkinchi jahon urushidan keyin Germaniyada xizmat oʻtayotgan edi, u 1945 yilda Massachusets shtatidagi onasiga maktub yozgan. O’tgan oy AQSh Pochta xizmati 76 yil kechikib maktubni nihoyat uning oilasiga yetkazdi.

89 yoshli Anjelina Gonsalves Boston tashqarisidagi Voberndagi (Mass. shtati) uyiga tashlab ketilgan pochta konvertini qo’liga olib hayratda qoldi.

6 sentlik muhrga ega bo’lgan maktub Pitsburgdagi pochta muassasasidan jo’natilgan.

Maktub uzun oq qog’ozga va 1945yil 6-dekabr sanasi bilan yozilgan. Jon Gonsalves 22 yoshli armiya serjanti edi. U Germaniyaning Bad Orb shahridan Amerika qo’shinlari tomonidan ozod qilingan fashistlarning harbiy asirlar lageri yaqinida yozgan.