Hammod bin Xalifa universiteti xalqaro stipendiya dasturi

Qatarda joylashgan Hammod bin Xalifa universitetining 2022 o`quv yili xalqaro stipendiya dasturi uchun arizalar qabul qilinmoqda.

Grantni qo`lga kiritish uchun dunyoning istalgan qismidan barcha xalqaro talabalar ariza berish huquqiga ega. Grant berilishidan maqsad bakalavriat, magistratura va doktorantura darajalarida taʼlim olishni istagan xalqaro talabalarni qo`llab-quvvatlashdir.

Grant deyarli barcha akademik yo`nalishlar va mutaxassisliklar uchun taqdim etiladi. Ajratilgan grant miqdori o’qish va yashash xarajatlarini to’liq qoplaydi.

Universitet 2010 yilda tashkil topgan. OTM Qatarning Doha shahrida joylashgan. Grantni qo`lga kiritish uchun ariza talablarida IETLS yoki TOEFL sertifikatlariga ega bo`lish so`ralmaydi.

Hammod bin Xalifa universiteti granti tafsilotlari:

Universitet: Hammod bin Xalifa universiteti;

Ilmiy daraja:  bakalavriat, magistratura, doktorantura;

Grant miqdori: o’qish va yashash xarajatlari to’liq qoplanadi;

Kim uchun: xalqaro talabalar uchun;

Grant taqdim etayotgan mamlakat: Qatar;

Hujjatlarni topshirish uchun oxirgi muddat: 2022 yil 1 fevral.