Havoda quvvat oladigan elektr samolyot

Alice Isroilning Eviation Aircraft startap loyihasining to`liq elektr energiyasida harakatlanuvchi yo`lovchi samolyotiga berilgan nomdir. Texnik parametrlarga ko`ra samolyot 9 nafar yo`lovchi va 2 nafar ekipaj a`zosini bortga sig`dira oladi.

Samolyot 900-980 kVt quvvatga ega akkumulyatorlar bilan jihozlangan. Uning maksimal tezligi 450-480 km/soatni tashkil qilib, bir martalik quvvat bilan 900-1000 km masofani uchib o`ta oladi. Parvoz balandligi 3-10 kmgacha ekanligi aytilmoqda. Bir soatlik masofani bosib o`tishga yetarli quvvat olish uchun Alicega 30 daqiqa kifoya qiladi.

Samolyot o`zining aylanuvchi vintlaridan generator sifatida foydalangan holda havodagi termal tebranishlar tufayli to`g`ridan-to`g`ri parvoz paytida akkumulyatorlarni quvvatlash imkoniyatiga ega.

Alicening narxi 4 million dollar atrofida ekanligini aytilmoqda. Samolyotning birinchi tijoriy parvozi 2022 yilga mo`ljallangan.