Indoneziyada suv toshqini oqibatida minglab odamlar evakuatsiya qilindi

Indoneziyaning Sumatra orolidagi kuchli suv toshqinlari oqibatida ikki bola halok bo‘ldi va 24 mingga yaqin odam evakuatsiya qilindi, buni ekologlar o‘rmonlarning kesilishi ta’siri bilan izohlamoqda.

Indoneziya oroli shimolida 31-dekabrdan beri davom etayotgan kuchli yomg‘ir oqibatida daryolar toshib, turar-joylarda suv sathi uch metrga ko‘tarildi, deb xabar bermoqda tabiiy ofatlarga qarshi kurash mahalliy agentligi.

Mahalliy aholi toshqinlarni mamlakatdagi eng dahshatlisi deb ta’rifladi.

Ache provinsiyasi hukumati jamoat binolari, infratuzilma va qishloq xo‘jaligi hududlarini vayron qilgan tabiiy ofatdan keyin favqulodda holat e’lon qildi.

Sumatra markazidagi Jambi qishloq xo‘jaligi okrugida 24 ming kishi toshqindan jabr ko‘rdi. Bu toshqinlar palma yog‘i plantatsiyalari bilan mashhur hududlardagi o‘rmonlarning kesilishi bilan chambarchas bog‘liq, deya xabar beradi “Valai” ekologik tashkiloti.