Janubiy Koreyada “Omikron” shtammidan birinchi o’lim qayd etildi

Janubiy Koreyada koronavirusning “Omikron” shtammidan dastlabki ikki o‘lim qayd etildi, deb xabar berdi Yonhap axborot agentligi.

Agentlikning poytaxt Seuldan 329 kilometr janubda joylashgan Kvanju shahridagi sog‘liqni saqlash idoralaridan iqtibos keltirishicha, 90 yoshlardagi ikki marhumning jasadlarini tekshirish ularda “Omikron” shtammi borligini tasdiqlagan.

Agentlikning ta’kidlashicha, o’limlar o’tgan haftaning dushanba va chorshanba kunlari sodir bo’lgan, birinchi o’lim Janubiy Koreyada “Omikron” shtammi tufayli qayd etilgan. Sog‘liqni saqlash organlari ikki hodisaning aniq sabablarini o‘rganmoqda.

Bungacha agentlik mamlakatda 3129 ta yangi Covid holati qayd etilganini, shu jumladan, 1015 tasi oʻta ogʻir holatlar boʻlganini maʼlum qilgandi.