Janubiy Koreyada “uchinchi ko`z” ishlab chiqildi

28 yoshli janubiy koreyalik dizayner Min-Vuk Peng “uchinchi ko`z” – smartfonga qaram odamlar uchun avtomatlashtirilgan qurilmani ishlab chiqdi. Qurilma peshonaga o`rnatilgan bo`lib, ekrandan ko`zini uzolmaydigan foydalanuvchiga boshqa odamlar va buyumlar, avtomobillar, binolar va chiroq ustunlari bilan to`qnashib ketishining oldini olishga yordam beradi.

Mexanik ko`z har safar foydanaluvchi smartfonga qarash uchun boshini egganida qovog`ini “ochish” orqali faollashadi. Foydalanuvchi bir metrdan ikki metrgacha bo`lgan masofada biror obyektga yaqinlashganda, qurilma ehtimoliy xavf haqida ogohlantirish uchun ovoz chiqaradi.

“Bunday uch ko`zli kelajak insoniyatning ahvolidir. Biz smartfonlarimizdan ko`zimizni uzolmasak, kelajakda bizga qo`shimcha ko`z kerak bo`ladi”, – deydi Qirollik san`at kolleji va London Imperial kollejining innovatsion dizayn bitiruvchisi Min-Vuk Pang.

Min Seulda qurilmani sinovdan o`tkazdi va u kashfiyotni gadjetlarga qaram bo`lgan odamlarga yangi yechim sifatida taklif qilish maqsadida emas. Uning ta`kidlashicha, ixtiro odamlarga jonli muloqot vaqtida zarur xavfsizlik choralariga rioya qilish muhimligini eslatish maqsadida yaratilgan.