Kuber Pedi – yer osti shahri

Kuber Pedi Avstraliyadagi Janubiy Avstraliya shtatining markaziy qismidagi kichik yer osti shahri bo`lib, shu nomdagi mahalliy hokimiyatning markazi hisoblanadi. 2011-yilda shahar aholisi 1695 kishini tashkil qilgan.

Kuber Pedi Janubiy Avstraliyadagi Styuart tizmasida, Buyuk Viktoriya cho`lining sharqiy chekkasida joylashgan. Bu Avstraliyadagi eng cho`llashgan va siyrak aholi punktlaridan biridir.

Kunduzgi harorat va qum bo`ronlari kabi noqulay ob-havo sharoitlari tufayli Kuber Pedi aholisi dastlab yer osti uylariga joylashishgan. Shahar aholisining aksariyati tog`-kon sanoatida ishlagan, shuning uchun konga kirish ko`pincha to`g`ridan-to`g`ri yer osti uylaridan o`tgan. Tog`ning ichida o`yilgan bunday turar-joyda hamma narsa oddiy uylardagi kabi bo`lgan: yotoqxona, yashash xonalari, oshxona va hammom. Yer osti uylarida konditsioner bo`lmaganda, optimal harorat rejimi o`z-o`zidan saqlanib qolgan. U taxminan 22 gradus atrofida bo`lgan.

Uylarda, dastlab va an`anaviy tarzda, old eshikning har ikki tomonida faqat ikkita derazalar qurilgan. Buning sababi, agar uylarda ko`proq derazlar o`rnatilsa, turar-joy yozda isib ketishni boshlagan va shu bilan belgilangan harorat rejimi yo`qolgan. Hozirgi vaqtda ushbu cheklov konditsionerlarni o`rnatish orqali chetlab o`tilmoqda, shuning uchun endilikda an`anaviy va yer osti turar-joylarini “tabiiy” va “zamonaviy” xonalar bilan birlashtirgan turli xil uy-joy arxitektura namunalarini ko`rish mumkin.

Shaharda suv azaldan jiddiy muammo sanalgan. Shuni ta`kidlash kerakki, odamlar qanchalik yerni burg`ulashmasin, Kuber Pedida suv chiqmagan. Bu Avstraliyadagi eng kam yomg`irli hududlardan biri bo`lib, dastlab suv juda qimmat bo`lganligi tarixiy faktdir. Hozirgi vaqtda shaharda suv ta`minoti mavjud, ammo suv boshqa joylarga nisbatan qimmat (1000 litr uchun 5 dollar).

Kuber Pediga odamlar yer ostida joylashgan qabriston va yer osti cherkovlarini ko`rish uchun tashrif buyurishadi. Shahardagi birinchi “daraxtlar” temir bo`laklardan payvandlangan bo`lgan. Hozirda ham shaharda juda oz daraxtlar bor. Yashillik “vakillari” asosan dunyoning turli burchaklaridan keltirilgan kaktuslarda mujassam.

cooberpedy.com