Olimlar omikron shtammining o`pkaga ta`sirini baholadilar

Yangi omikron shtammi o`pkaga SARS-CoV-2 virusining boshqa variantlariga qaraganda kamroq ta`sir qiladi. Vashington universiteti tibbiyot fakulteti, Medisondagi Viskonsin universiteti va Tokyo universitetida ishlovchi bir guruh amerikalik va yapon olimlar shunday xulosaga kelishdi.

Olimlar sichqonlar ustida tajribalar o`tkazdilar va omikron asosan yuqori nafas yo`llariga – burun va qizilo`ngachga ta`sir qilishini va koronavirusning boshqa shtammlariga qaraganda o`pkaga kamroq tarqalishini aniqladi.

Sichqonlar ustida tadqiqot olib borgan Liverpul universiteti olimlari ham shunday xulosaga kelishdi.

Gonkong universiteti tadqiqotchilari omikroning inson to`qimalari namunalariga ta`sirini o`rganishdi. Ular nafas olish yo`llaridan olingan 12 ta namunada virusning bu varianti “delta” ga qaraganda sekinroq tarqalishini aniqladilar.

Shu bilan birga, dekabr oyida Gonkong universiteti olimlari omikron shtammi inson bronxlarida delta shtammi va koronavirusning asl nusxasiga qaraganda 70 marta tezroq ko`payish qobiliyatiga ega ekanligini ma`lum qilishgandi. Biroq, ularning ta`kidlashlaricha, ushbu variant bilan kasallanganda o`pkaning shikastlanish darajasi asl koronavirus shtammi bilan kasallangandan o`n baravar pastroq bo`ladi.

Dekabr oyi boshida virusolog va immunolog, “Vektor” markazi rahbari Aleksandr Semyonov xabar berganidek, “omikron” boshqalarga qaraganda tezroq o`pkaga tushib, uch-besh kun ichida pnevmoniyaga olib keladi. Mutaxassisning so`zlariga ko`ra, inson koronavirusning oldingi turlari bilan kasallanganda, yuqtirilgan paytdan boshlab pnevmoniya boshlanishigacha 11 kun o`tgan.

Rospotrebnadzor rahbari Anna Popovaning so`zlariga ko`ra, omikron shtammi koronavirusning boshqa shtammlariga qaraganda uch-besh baravar ko`proq yuqumli va infeksiyaning birinchi belgilari yuqtirib olinganidan uch-besh kun keyin namoyon bo`lishi mumkin.