O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakilining axboroti

O‘zbekiston Respublikasining Qozog‘istondagi Elchixonasi va Bosh konsulxonalari ushbu mamlakat hududidagi O‘zbekiston fuqarolari, shu jumladan talabalar bilan doimiy aloqada bo‘lib turibdi.

O‘zbekistonning Qozog‘istondagi diplomatik vakolatxonalari odatdagi tartibda faoliyat yuritmoqda. Zarur holatlarda O‘zbekiston fuqarolariga huquqiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Shu bilan birga, Qozog‘istonning ayrim hududlarida favqulodda holat eʼlon qilinishi munosabati bilan mazkur mamlakatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan joriy etilgan vaqtinchalik cheklovlarga rioya qilishlarini so‘raymiz.

Zarurat tug‘ilganda, hamyurtlarimiz istalgan vaqtda O‘zbekiston Respublikasining Nur-Sulton (telefon: +7 771 020 36 73), Olma-ota (telefon: +7 777 950 44 33) va Aqtau (telefon: +7 777 599 00 51) shaharlaridagi diplomatik vakolatxonalariga murojaat qilishlari mumkin.