O`zbekiston va Afg`oniston elektr energiya yetkazib berish bo`yicha 100 million dollarlik shartnoma imzoladi

O`zbekiston va Afg`oniston 2022-yilda 100 million dollarlik elektr energiyasi yetkazib berish bo`yicha shartnoma imzoladi.

Afg`onistonning “Da Afghanistan Breshna Sherkat” davlat energetika kompaniyasi ma`lumotlariga ko`ra, shartnoma O`zbekiston Milliy elektr tarmoqlari vakillari bilan ikki kunlik muzokaralardan so`ng imzolangan.

Hujjat doirasida O`zbekiston joriy yilda Afg`onistonga 100 million dollarga 2 milliard kVt/soat elektr energiyasi yetkazib beradi. Tomonlar Surxon-Puli-Xumri elektr liniyasi qurilishi loyihasini ham muhokama qilganlar. Afg`oniston tomoni liniyaning faollashishidan manfaatdor ekanini va uning xavfsiz amalga oshirilishini ta’minlashga tayyorligini bildirdi.