O`zbekistonning joriy yildagi eng yirik biznes hamkorlari aniqlandi

2021-yilning yanvar-noyabr holatiga O`zbekistonning tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 ta hamkor davlatlari royxati e`lon qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

O`zbekistonning tashqi savdo aylanmasidagi TOP 10 davlatlar (2021-yil yanvar-noyabr holatiga):

  • Xitoy – 6,7 mlrd., eksport – 2,3 mlrd., import 4,4 mlrd. AQSH dollari
  • Rossiya – 6,6 mlrd., eksport – 1,9 mlrd., import 4,7 mlrd. AQSH dollari
  • Qozog`iston – 3,5 mlrd., eksport – 1,0 mlrd., import 2,5 mlrd. AQSH dollari
  • Turkiya – 3,0 mlrd., eksport – 1,5  mlrd, import 1,5 mlrd. AQSH dollari
  • Koreya – 1,7 mlrd., eksport – 46 mln., import 1,6 mlrd. AQSH dollari
  • Qirg`iz R. – 852,5 mln., eksport – 710,9 mln., import 141,6 mln. AQSH dollari
  • Germaniya – 675,4 mln., eksport – 60,8 mln., import 614,6 mln. AQSH dollari
  • Turkmaniston – 626,1 mln., eksport – 175,5 mln., import 450,6 mln. AQSH dollari
  • Ukraina – 622,5 mln., eksport – 202,6 mln., import 419,9 mln. AQSH dollari
  • Afg`oniston – 576,7 mln., eksport – 573,2 mln., import 3,5 mln. AQSH dollari.