Panasonic to`rt kunlik ish haftasini joriy qiladi

Panasonic Corp. ham xodimlarning shaxsiy hayoti va ishi o`rtasidagi muvozanatni yaxshilash maqsadida global tendensiyaga qo`shilmoqda.

“Ushbu harakat tufayli Osakadagi konglomerat xodimlari dam olish kunlarida qo`shimcha pul ishlashlari yoki ko`ngilli ishlarda qatnashishlari mumkin bo`ladi”, – dedi kompaniya bosh direktori Yuki Kusumi.

“To`rt kunlik”rejimning joriy etilishi bilan kompaniya besh kunlik ish haftasidan asta-sekin voz kechayotgan boshqa global gigantlar qatoriga, jumladan Amazon va Unileverlarga qo`shiladi. Boshqa ba`zi mamlakatlarda ham, xususan, Irlandiya, Ispaniya va Islandiyada ham ish haftalari qisqaradi.