Qozog`iston hukumati iste`foga chiqdi

Bosh vazirning sobiq birinchi o`rinbosari Alixon Smoilov bosh vazir bo`ldi.

Yangi hukumat tuzilmaguncha, barcha “eski” vazirlar o`z vazifalarini bajarishda davom etadilar.

Bundan tashqari, yangi davlat kotibi va Milliy xavfsizlik qo`mitasi rahbarining birinchi o`rinbosari tayinlandi.

Prezident Qosim-Jomart Tokayev rasmiylar bilan ertalabki yig`ilishda yuzaga kelgan vaziyatda hukumatni, xususan, Energetika vazirligini, shuningdek, KazMunayGaz va QazaqGazni “alohida aybdor” qildi.