Shaxmat bo’yicha jahon chempioniga 2 xonali uy sovg`a qilindi

Milliy Olimpiya qo‘mitasida shaxmatning rapid yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Nodirbek Abdusattorovni tabriklash marosimi bo‘ldi.

Hurmatli Prezidentimizning farmoniga muvofiq, Nodirbek «Mard o‘g‘lon» davlat mukofoti bilan taqdirlangan edi. Prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov ushbu mukofotni tantanali ravishda topshirdi.

Shuningdek, chempionimizga sovg‘a qilingan 2 xonali xonadon kaliti topshirildi.