ShotSpotter – otishma yuz bergan joyni tezlikda aniqlash texnologiyasi

Avtonom dronlarni otishma sodir bo`lgan joyni aniqlash texnologiyasi bilan birlashtirgan tizim taqdim etildi. ShotSpotter deb nomlangan tizim AQSh, Janubiy Afrika va Karib havzasidagi 120 dan ortiq shaharlarda qo`llanilishi rejalashtirilmoqda. U “baland, impulsiv tovushlarni” aniqlash uchun hududdagi mikrofonlar tarmog`idan foydalanadi.

Bunday otishmalar yuz berganda, uning qayerda sodir bo`lganini turli mikrofonlar tomonidan yozib olingan millisekundlik vaqt farqini tahlil qilish orqali aniqlash mumkin.

Mikrofon ovoz manbasiga (asosan qurol otilgandagi ovoz, portlash kabilar) qanchalik yaqin joylashgan bo`lsa, u otishma ovozini shunchalik erta yozib oladi. Ovoz manbasi orqali haqiqatan ham otishma yuz berganini aniqlash uchun sun`iy aql dasturi politsiya xodimlarining kombinatsiyasidan foydalanadi.