Sobiq Milliy xavfsizlik qo`mitasi rahbariga nisbatan tergovga qadar tekshiruv o`tkazilmoqda

Qozog`iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo`mitasi sobiq qo`mita raisi K.Masimovga nisbatan davlatga xiyonat bo`yicha sudga qadar tergov ishlarini davom ettirmoqda.

Mazkur holat yuzasidan hokimiyatni zo`rlik bilan egallab olish va mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishga qaratilgan harakatlar yuzasidan qo`shimcha tergovga qadar tekshiruvlar boshlab yuborilgan.

Yuqoridagi jinoyatlarni sodir etishda gumon qilingan K.Masimovdan tashqari, MXX raisining sobiq o`rinbosari, “A” maxsus xizmati boshlig`i A.Sadiqulov va MXX raisi o`rinbosari D.Yergojinlar ham qo`lga olingan.

Hozirda tergov davom etmoqda, deb xabar berdi Qozog`iston Respublikasi Milliy xavfsizlik qo`mitasi matbuot xizmati.