Vashington: Qozog‘istonga KXShT tinchlikparvar kuchlarining kiritilishi qonuniyligi borasida savollarimiz bor

AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Qozog’iston hukumatining inqiroz sharoitida Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti tinchlikparvar kuchlarini joylashtirish haqidagi so’rovining qonuniyligi borasida savollari borligini ma’lum qildi.

“Biz KXShT Qozog‘istonga o‘zining qo‘shma tinchlikparvar kuchlarini yuborish haqidagi xabarlarni diqqat bilan kuzatib boryapmiz. Bizda bu so‘rovning qonuniyligi va bu taklif qonuniymi yoki qonuniy emasligi haqida savollar bor. Biz buni bilmaymiz”, dedi Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki payshanba kuni kechqurun bo‘lib o‘tgan brifingda.

“Biz KXShT tinchlikparvar kuchlari va huquq-tartibot idoralarini tinch yo‘l bilan hal etishni qo‘llab-quvvatlash uchun inson huquqlari bo‘yicha xalqaro majburiyatlarni bajarishga chaqiramiz”, — deya qo‘shimcha qildi u.

Shu munosabat bilan AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays “Qo’shma Shtatlar va butun dunyo Qozog’istonda tinchlikparvar kuchlar tomonidan sodir etilgan har qanday inson huquqlari buzilishini kuzatib borishini ta’kidladi.