Vashingtonda koronavirusga chalinish holatlari 1% dan 13% gacha ko’tarildi

AQSh poytaxti Vashingtonda o’rtacha haftalik koronavirusni yuqtirish 1% dan 13% dan oshdi.

Kapitoliy shifokori Brayan Monaxanning qonunchilarga yuborgan eslatmasiga ko’ra, kelgusi haftalarda kunlik kasallanish darajasi keskin oshadi. Shuningdek u har kuni ko’plab yangi holatlar qayd etilayotganini ta’kidlagan.

Uning tushuntirishicha, virusni yuqtirish xavfi ish joyidan tashqarida, masalan, ziyofatlarga borish, ko’ngilochar joylarga, bayramlarga, oilaviy yig’ilishlarga, sayohatlarga va gavjum yopiq joylarga tashrif buyuradigan odamlarda ko’proq bo’ladi.