Xorijga chiqish pasportini endilikda DXMlardan olishingiz mumkin!

2022-yil 1-yanvardan boshlab, bir qator xizmatlarni Davlat xizmatlari markazlari orqali taqdim etilishi belgilangan.

Jumladan, O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish muqobil ravishda (ichki ishlar bo`limlari bilan bir vaqtda) Davlat xizmatlari markazlari orqali ham amalga oshiriladi.

Bunda, O`zbekiston Respublikasining fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to`lov miqdori BHMning 1 baravari tashkil etadi. (Maʼlumot uchun: ushbu to`lov miqdori avval BHMning 1,2 baravari bo`lgan)

Bugungi kunda O`zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish biometrik pasportini berish xizmati joriy etilgan Davlat xizmatlari markazlari ro`yxati quyidali manbada joylashgan.

https://telegra.ph/Horijga-chiqish-biometrik-pasportini-berish-xizmati-joriy-etilgan-Davlat-xizmatlari-markazlari-ROYXATI-01-04

2022-yil yakuniga qadar bosqichma-bosqich barcha Davlat xizmatlari markazlarida ushbu imkoniyatni yaratish rejalashtirilgan.

Eslatib o`tamiz, Davlat xizmatlari markazlarida xizmatlar eksterritoriallik tamoyili asosida (ro`yxatda turgan joyingizdan qatʼiy nazar) taqdim etiladi.