Authors Posts by Vatandosh

Vatandosh

10936 POSTS 0 COMMENTS

Meni olib keting o’z diyorimga

Abdulla Oripov haqida so‘z ketganda, o‘zbek she’riyatida inson qalbidagi murakkablik va ziddiyatlarni teran, haqqoniy, o‘ziga xos betakror kuylagan ulkan ijodkor ko‘z o‘ngimizda namoyon bo‘ladi. Abdulla Oripov hozirgi o‘zbek she’riyatiga yangicha badiiy tafakkur yo‘sinlarini olib kirdi. U tub mohiyati bilan Yassaviy, Navoiy, Bobur, Cho‘lpon, G‘afur G‘ulom singari ijodkorlar badiiy an’analarining davomchisidir. Shoirning butkul ijodi...

Yurakdagi Buxoro

Ilgarilari Buxoroni ermakka — tomosha uchun tomosha qilardik. Kun o‘tdi, yil o‘tdi, nomim shu ulug‘ zaminning nomiga tutashligini his etgan onimdan boshlab vujudimni dahshatli bir qo‘rquv egalladi: Buxoroni tomosha qilish mumkin emas! Farzand tomoshabin, yurt esa hech qachon saylgoh bo‘lmas ekan… Har gal Buxoro ko‘chalariga yo‘lim tushsa, shahodat kalimasini takrorlab, tangri ato etgan...

Aziz va laziz bo’lsin

Qaldirg‘och gazeta Amerikaga ham ayni bahor boshlanishi bilan kirib kelayotir.Aslida qaldirg‘och har yili ko‘klamda qaytib kelaveradi. Ammo biz, ya’ni yurt sog‘inchi bilan yashayotgan amerikalik o‘zbeklar uni, yanada aniqroq aytganda, qaldirg‘och parvozli “Vatandosh”ni salkam bir asrdan buyon kutamiz. Avval unga ota-onalarimiz intiq bo‘lishdi, keyinchalik biz uning yo‘llariga ko‘z tutdik. Va nihoyat, u bizning ...

Nyu Jersidagi uchrashuvlar

“Vatandosh” jamoasi ushbu shtatdagi qora ko‘zlar bilan muloqotda bo‘ldi Manxettenning yerusti va yerostidagi mahobatli ko‘priklaridan o‘tib, Nyu Jersi sari otlanar ekanmiz, iliq bir mujdani yetkazishga shoshila­yotgandek, ko‘ksimizga pokiza bir epkin urildi. Tekis va ravon yo‘llar, xushmanzara kengliklar va ko‘hlik ko‘chalar oralab, katta magistraldan o‘ngga burilishimiz hamono ko‘zimiz “Turkiston-Amerika assotsiatsiyasi” degan yozuvga tushdi. Yozuv yonidagi muazzam binoga kirib bordik. Bizni iliq kutib...

Vatanni suymak

Abdulla AVLONIY Vatan. Har bir kishining tug‘ilib o‘sgan shahar va mamlakatini shu kishining vatani deyiladi. Har kim tug‘ilgan, o‘sgan yerini jonidan ortiq suyadi. Hatto bu Vatan hissi-tuyg‘usi hayvonlarda ham bor. Agar bir hayvon o‘z vatanidan – uyuridan ayrilsa, o‘z yeridagi kabi rohat-rohat yashamay, maishati talx bo‘lib, har vaqt dilining bir go‘ shasida o‘z vatanining muhabbati...

Bobur – yo’lbars

Farg‘ona viloyatining podshosi Umarshayxning o‘g‘li Zahiriddin Muhammad yoshligidan ancha aqlli va dovyurak bo‘lib o‘sibdi. Umarshayx bo‘sh vaqtlarini shikor bilan o‘tkazar, har gal ovga chiqqanida, o‘g‘lini ham birga ola ketar ekan. Bir kuni shikor avjiga chiqqanda yosh Zahiriddin Muhammad changalzorda adashib qolibdi. Dovyurakligidan hecham qo‘rquvga tushmabdi. Yig‘lab-siqtamabdi. Kun botibdi, kech kiribdi. Bir payt kimsasiz g‘orni ko‘rib...

Musulmon sevgisi

Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomning qilgan g‘azotlaridan biri tugagach, bir musul-mon xotin tushib qolgan yaradorlarni izlab top-moqchi bo‘ldi: o‘liklar orasiga kirdi. U yon-bu yonni izlar chog‘da “Oh… suv!..” degan bir tovush eshitdi. Bir yarador musulmonning suvdonini ko‘rdi. Ozroq suv topib shu yaradorning oldiga keldi. Boshini astagina ko‘tarib, suvni ichtirmoqchi bo‘ldi. Yarador musulmon dudog‘ini suvga yetkuzar chog‘da...

Bemor

(O’tmishdan) Abdulla QAHHOR Osmon yiroq, yer qattiq (maqol). Sotiboldining xotini og‘rib qoldi. Sotiboldi kasalni o‘qitdi - bo‘lmadi, tabibga ko‘rsatdi. Tabib qon oldi, betobning ko‘zi tinib, boshi aylanadigan bo‘lib qoldi, baxshi o‘qidi. Allaqanday bir xotin kelib, tolning xipchini bilan savaladi, tovuq so‘yib qonladi. Bularning hammasi, albatta, pul bilan bo‘ladi. Bunday vaqtlarda yo‘g‘on cho‘ziladi, ingichka uziladi. Shaharda bitta doktorxona bor. Bu doktorxona...

Mehmondo’stlik

Insonning nafaqat tashqi ko‘rinishi yoxud tilidan, balki uning xatti-harakatidan, fe’l-atvoridan, tashqi muhitga munosabatidan ham uning kimligini, qaysi millatga mansubligini ilg‘ab olish mumkin. Masalan, o‘zbekni ko‘chadami, yo‘ldami, ishxona yoxud dam olish maskanidami, qayerda bo‘lmasin, uchratib qolsangiz, xayrlashuv onida “Uyga keling, bir piyola choyimiz bor” deydi. Negaki mehmondo‘stlik o‘zbekning qon-qoniga singib ketgan. Bu fe’l, bu...

Tog’likning o’limi

(hikoya) Yaroslav Gashek Mixael Pitala qamoqxonadan qochdi. Quyuq o‘rmonlar va bug‘doyzorlarda yashirinib u janub tomon yurdi, toqqa yaqinlashdi. Dehqonlar uning qornini to‘yg‘izishdi, yo‘l uchun oziq-ovqat va kiyim-bosh berishdi. Kech tushdi. Oppoq ilonizi yo‘l tog‘ yonbag‘irlab buralib ketgan edi. Dovonda xoch turardi. Qochoq chang yo‘ldan asta ko‘tarila boshladi. U Galitsiyaning Tarnovsk o‘lkasilik dehqonlar kiyadigan uzun, chang bosgan ko‘ylagiga...