Authors Posts by Vatandosh
Vatandosh
Kaliforniyada o’rmon yong’inlari sababli aholi evakuatsiya qilindi
Kaliforniyaning Big Sur tumanida sodir bo'lgan o'rmon yong'inlari
aholini evakuatsiya qilish va Tinch okeani sohilidagi avtomagistralni to'sib
qo'yishga sabab boʻldi.
Amerikaning "ABC" tarmog'i yong'in juma kuni kechki payt
(mahalliy vaqt bilan) mintaqaning tog'larida boshlanganini xabar qildi.
Kaliforniya o'rmon xo'jaligi va yong'indan himoya qilish departamenti
shanba kuni yong'in kamida 6 kvadrat kilometr o'rmon maydonlarini yondirganini
va uning...
Pfizer: Koronavirusga qarshi yillik emlash kerak
Shanba kuni Pfizer bosh direktori Albert Burla har yili Covid-19 vaktsinasi bilan emlash virusga qarshi kurashish uchun takroriy kuchaytiruvchi dozalarni olishdan ko'ra yaxshiroq ekanini aytdi.
Isroilning N12 News veb-saytiga bergan eksklyuziv intervyusida u
Covid-19 bilan kurashishning eng yaxshi usuli bu bir necha oyda olinadigan
kuchaytiruvchi dozalar emas, balki har yili berilishi mumkin bo'lgan vaktsina
ekanligini aytdi.
Vashington amerikalik diplomatlarning oilalaridan Kiyevni tark etishni so’radi
AQSh Ukraina poytaxti Kiyevdagi diplomatlarining oilalariga Rossiyaning harbiy harakatlari tahdidi tufayli mamlakatni tark etishni buyurdi, dedi yakshanba kuni Davlat departamenti.
Vashington o'z elchixonasi xodimlarining u yerdan ixtiyoriy ketishiga
ham ruxsat berdi.
Shanba kuni AQSh Davlat departamenti AQShning Kiyevdagi elchixonasi
xodimlarining oilalarini Ukrainadan evakuatsiya qilish niyati haqidagi
xabarlarni tasdiqlashdan bosh tortgan edi.
Britaniyalik shaxs ishga kirish intervyulariga hobbi sifatida borib kelmoqda
“Nega men bunday qilyapman? Xo`sh, men bunga (intervyuga borish vaziyatiga) moslashishni yaxshi ko`raman, ularning barchasi (men uchun) haqiqiy bayramdek tuyuladi. (Intervyuga borishda) Siz yaxshi kun o`tkazishingiz va yangi joylarga tashrif buyurishingiz mumkin. Men sochimni tartibga solish uchun sartaroshga boraman, nonushta qilaman va kofe ichaman, (natijada) o`zimni juda yaxshi his qilaman", - dedi u.
Rogzning...
Bayden va Putin muzokaralari tufayli AQShga kiberhujumlar kamaygan
AQSh Milliy xavfsizlik bo'yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan Qo'shma Shtatlar Rossiya va Amerika tomonlari o'rtasidagi muzokaralar natijasida AQShga qarshi kiber hujumlar soni kamayganini tasdiqladi.
"O'ylaymizki, so'nggi bir necha oy ichida murakkab to'lov
dasturlari hujumlari bilan bog'liq holatlar pasaygan", dedi Sallivan
Foreign Policy nashriga.
AQSh rasmiysining ta'kidlashicha, o'tgan hafta Rossiyada Amerika
kompaniyalariga hujum uyushtirganlikda gumon qilingan...
DXA: Birinchi “qizil pasport» egasiga topshirildi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 iyulidagi PF-6269-son Farmoni bilan 2022 yil 1 yanvardan O‘zbekiston fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish va berish Davlat xizmatlari markazlari orqali ham amalga oshirilmoqda.
Jumladan, mazkur xizmat joriy yilning 5 yanvaridan Samarqand shahar va Pastdarg‘om tuman Davlat xizmatlari markazlarida sinov tariqasida ko‘rsatilib kelinmoqda. Bugun shahrimizda yashovchi D.Abduxoliqov markaz orqali ariza topshirganlar orasida birinchilardan bo‘lib...
Bayden Finlyandiya prezidenti bilan hamkorlikni muhokama qildi
AQSh prezidenti Jo Bayden va uning finlyandiyalik hamkasbi Sauli Niinistyo Finlyandiyaning AQSh va NATO bilan hamkorligini muhokama qildi.
“Ikki yetakchi Rossiyaning Ukraina chegaralari yaqinida harbiy kuchlar
to‘planishidan umumiy xavotirlarini muhokama qildi”, — deyiladi seshanba kuni
Oq uy bayonotida.
Oq uyning qo‘shimcha qilishicha, ular Shimoliy Yevropada xavfsizlikni
ta’minlash uchun Finlyandiya, AQSh va NATO o‘rtasidagi yaqin...
Eronda bokschi o`lim jazosiga hukm qilindi
Eron boks bo`yicha mahalliy chempion Muhammad Javod Vafoi-Saniyni 2019-yilgi norozilik namoyishlarida ishtirok etgani uchun o`limga hukm qildi. U hukumat binolariga o`t qo`yish va ularni vayron qilishda aybdor deb topildi.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari rasmiylarni uning
hayotini saqlab qolishga chaqirishdi va Twitterda #SaveMohammadJavad xeshtegi
paydo bo`ldi.
2020-yil sentabrida 27 yoshli milliy kurashchi Navid
Afkari janubiy Sheroz...
O`zbekistonning harbiy dronlari borligi ma`lum bo`ldi
O`zbekistonda zamonaviy texnologiyalar asosida uchuvchisiz uchish apparatlari ishlab chiqarilayotgani ma`lum qilindi.
Qayd etilishicha, “LOCHIN” nomli yangi va zamonaviy
mazkur apparat Markaziy Osiyoda ilk bora O`zbekistonda ishlab chiqarilishi yo`lga
qo`yilgan.
Ushbu dronlar razvedka qilish, zarba berish, real vaqt
rejimida kuzatish, ma`lumot olish, artilleriya o`t ochish jarayonini
boshqarish, muhim obyektlarni kuzatib borish kabi vazifalarni bajarish va
boshqa maqsadlarda...
Merkel birinchi ish taklifini oldi
Germaniyaning dpa axborot agentligi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkelni xalqaro muassasada ishlashga taklif qilganini ma`lum qildi.
Agentlikning Birlashgan Millatlar Tashkiloti manbalariga tayanib xabar
berishicha, Guterrish Merkelni butun insoniyatga foyda keltiradigan yuqori
darajadagi maslahat organiga raislikka taklif qilgan.
Manbalarga ko‘ra, Guterrish bu taklifni Merkelga maktubda taqdim etgan,
ammo...