Chet eldagilar biometrik pasportni qanday oladi?

Savol: Salom, “Vatandosh”! Pasport haqidagi maqoladan so‘ng menda savol tug‘ildi. Chet elda yurgan fuqarolar pasport muddati tez orada tugayotgan bo‘lsa, qanday qilib biometrik pasport olishlari mumkin? Shu haqda ma`lumot berishingizni so‘rayman. Oldindan rahmat.

Javob: “Xorijdagi O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga pasport berish va almash-tirish Tartibi”ga ko‘ra, xorijda doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari O‘zbekiston Respublikasi-ning ular yashayotgan mamlakatdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalaridan yangi pasport olish-lari yoki pasportlarini almashtirishlari mumkin.

Pasport almashtirish uchun xorijda doimiy yashovchi O‘zbekiston fuqarolari diplomatik vakolatxona yoki konsullik muassasasiga quyidagi hujjatlarni topshirishi kerak:

belgilangan ariza;

pasport;

35×45 mm o‘lchamidagi oq-qora yoki rangli ikkita fotosurat.

O‘zbekiston Respublikasida o‘rnatil-gan qonuniy tartibga ko‘ra, xorijdagi diplomatik vakolatxonalar va konsullik muassasalari xorijda doimiy yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga yangi pasport berishlari va pasportlarini almashtirishlari lozim.

Ma’lumki, biometik pasportga o‘tish ikki bosqichda amalga oshiriladi. Biometrik pasportga o‘tishning birinchi bosqichida, ya’ni 2011-yil mobaynida biometrik pasport vazirliklar, idoralar va muassasalar xizmatchilariga, xorij-ga chiqayotgan yoki chet eldagi jismoniy shaxslarga, shuningdek, muayyan yoshga to‘lgan yoki qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa sabablarga ko‘ra pasport olayotgan fuqarolarga beriladi. 2012—2015-yilgacha bo‘lgan ikkinchi bosqichda esa qonunchilikda belgilangan tartib bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining barcha fuqarolariga beriladi. Demak, muddati tugagan pasportlar elchixona yoki konsullik muassasasiga topshirilsa, 2011-yildan boshlab yangi biometrik pasport berilishi kerak.

Agar diplomatik vakolatxona yoki konsullik muasasasi fuqaroga O‘zbekistonga borib yangi pasport olish-ni aytayotgan bo‘lsa, mazkur diplomatik vakolatxona yoki konsullik muasasasida pasport berish va pasport almashtirish bo‘yicha yetarli imkoniyatlar bo‘lmasligi mumkin. Pasport berish yoki pasport almashtirishni rad etish sababi ular tomonidan izohlanishi lozim.

Xorijda turib pasport olish yoki almashtirish uchun pasport oluvchi xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi diplomatik vakolatxonasida konsullik hisobidan o‘tishi lozim. Agar pasport olish yoki almashtirish muddatiga qadar konsullik hisobida turmagan bo‘lsangiz, ariza berishdan oldin konsullik hisobidan o‘tishingiz lozim bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi elchixo-nalari yoki konsullik muassasalari chet elda doimiy yashovchi fuqarolardan tashqari, chet davlatda ta’lim olayotgan va talaba vizasiga ega bo‘lgan fuqarolarga ham yangi pasport berishi yoki mavjud pasportni almashtirib berishi mumkin.

AQShda turib pasport almashtirish tartibi to‘g‘risida batafsil ma’lumotni O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi saytidan (http://uzbekistan.org) topishingiz mumkin.

Dilorom ABDULLAYEVA

tayyorladi.

SHARE