Ibn Sino sharafiga 10 ming dollarlik mukofot

Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro mukofot borligi haqida eshitib qoldim. Bu mukofot qachon joriy qilingan, kimlarga beriladi o‘zi?

Azamat, Toshkent

Chindan ham, ulug‘ vatandoshimiz, tib ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro mukofot mavjud. Nufuzli mukofotni BMTning fan, ta’lim va madaniyat masalalari bo‘yicha ixtisoslashgan tashkiloti – YUNESKO 2003-yili joriy qilgan. Ilm-fan shiddat bilan taraqqiy etayotgan bir paytda ko‘p asrlik axloqiy qadriyatlar xavf ostida qolmoqda. Xalqaro mukofot aynan ilm-fan va texnologiyalar rivojlanishi jarayonida yuzaga kelayotgan axloqiy muammolarga yechim topgan olimlarga ikki yilda bir marta beriladi. Mukofot sohibiga 10 ming AQSh dollari miqdorida mablag‘ va Ibn Sino tasviri tushirilgan oltin medal taqdim etiladi. Masalan, 2009-yilda mukofotga xitoylik professor Jen Zon Tio munosib ko‘rilgan.

Abdul SOBIR tayyorladi

SHARE