GMdan yana bir qo’shma korxona

General Motors va “O’zavtosanoat” aksionerlik kompaniyasi 2012 yilda yengil avtomobillar uchun transmissiyalar ishlab chiqaradigan qo’shma korxona ochishni rejalashtirmoqda.

Uzdailyning xabar berishicha, ayni paytda texnologik va moliyaviy masalalar ko’rib chiqilmoqda.

Loyiha qiymati 310 million AQSh dollari bo’lishi kutilayotgan bu korxona yengil avtomobillar uchun yiliga 250000 dona transmissiya ishlab chiqrishga mo’ljallangan.

Loyihani ishga tushirish muddati 4 yilga mo’ljallangan. Agar loyiha amalga oshirilsa, bu GM bilan hamkorlikda tashkil etilgan uchinchi qo’shma korxona bo’ladi.