Abdulla Xo‘ja “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 26.08.2011 yildagi “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma yilligi munosabati bilan xorijiy davlatlarning bir guruh fuqarolarini mukofotlash to‘g‘risida”gi Farmoniga ko’ra, O‘zbekiston bilan ikki tomonlama va ko‘p tomonlama savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy, ilmiy-ta’lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish borasidagi faol va samarali faoliyati uchun “Turkiston-Amerika uyushmasi” raisi, amerikalik vatandoshimiz Abdulla Xo’ja “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Vatandoshimizni ushbu mukofot bilan tabriklaymiz!

Shuningdek, xuddi shunday esdalik nishoni amerikaliklardan  Amerika-O‘zbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm va J.Xopkins nomidagi universitet huzuridagi Markaziy Osiyo va Kavkaz instituti raisi Frederik Starrga ham taqdim etildi.