AQSH fuqaroligi sari odimlar: Naturalizatsiya jarayoni nima?

Doimiy yashash huquqiga ega bo‘lganlarning AQSh fuqaroligini olishi ularni yangi huquq va afzalliklar bilan ta’minlaydi. Shuningdek, AQSh fuqaroligi yangi majburiyatlarni ham yuklaydi. Ushbu maqolada AQSh fuqaroligini olish uchun foydali maslahatlar, fuqarolik olish zarur bo‘lgan jarayonlar haqida ma’lumot beramiz.

AQSh fuqaroligini olish uchun ishonch qasamini keltirishingiz lozim. AQSh Konstitutsiyasini qabul qilishingiz va uni himoya qilish to‘g‘risida majburiyatni o‘z zimmangizga olishingiz lozim.  AQSh fuqaroligini olish barcha amerikaliklar bilan teng majburiyatlarga ega bo‘lish demakdir.  Shu bilan birga, fuqarolik sizga ma’lum huquq va afzalliklar ham beradi.

Fuqarolik olishning afzalliklari

AQShda doimiy yashovchilar AQSh fuqarolari ega bo‘lgan ko‘plab huquqlarga ega.  Shunga qaramay,  AQSh fuqaroligini olishning ko‘plab afzalliklari mavjud.  Ulardan ba’zilarini quyida ko‘rib chiqamiz:

•          Saylovlarda ishtirok etish imkoniyati.  Federal organlarga saylovlarda faqat AQSh fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

•          Hakamlik sudlarida hakam sifatida ishtirok etish imkoniyati.   Faqat AQSh fuqarolari hakamlik sudlarida a’zo sifatida ishtirok etishi mumkin.  Hakamlik sudlarida a’zo sifatida ishtirok etish AQSh fuqarolarining muhim majburiyatlaridan biri hisoblanadi.

•          AQSh fuqarolik pasporti bilan sayohat qilish imkoniyati.  AQSh fuqarolik pasporti Amerika hokimiyatining o‘z fuqarolariga xorijda ham ko‘mak va hamkorligini ta’minlaydi.

•          AQShga o‘z oilasingizni olib kelish imkoniyati.  AQSh fuqarolari o‘z oila a’zolarini AQShga doimiy yashash uchun chaqirib olishda afzalliklarga ega.

•          Xorijda tug‘ilgan farzandlaringizga AQSh fuqaroligini olish imkoniyati.  Odatda,  AQSh fuqaroligini olgan shaxsning xorijda tug‘ilgan farzandlari to‘g‘ridan to‘g‘ri AQSh fuqaroligiga qabul qilinadi.

•          Federal hokimiyat organlarida ishlash imkoniyati.  Davlat idoralarida ma’lum mansablar uchun AQSh fuqaroligi talab etiladi.

•          Saylangan mansabdor shaxs bo‘lish imkoniyati.  Ko‘plab saylanadigan mansablarga AQSh fuqaroligi talab etiladi.

•          Soliq majburiyatlari bo‘yicha talabning muvofiqligi.  AQSh fuqarolari va AQShda doimiy yashovchilarning soliq majburiyatlari o‘rtasida farq bo‘lishi mumkin.

•          AQShda yashash huquqini saqlab qolish imkoniyati.  AQSh fuqarolari AQShda yashash huquqidan mahrum qilinishi mumkin emas.

•          Federal grantlar va stipendiyalar olish imkoniyati.  Moliyaviy yordam ko‘rinishidagi ko‘plab grantlar,  oliy ta’lim muassasalaridagi talabalarga stipendiyalar va ma’lum maqsadlar uchun beriladigan moliyaviy yordamlar faqat AQSh fuqarolariga beriladi.

•          Davlat nafaqalarini olish imkoniyati.  Ba’zi davlat nafaqalarining turlari faqat AQSh fuqarolariga beriladi.

Naturalizatsiya – AQSh fuqaroligini olish jarayoni

AQSh fuqaroligini olish jarayoni naturalizatsiya deb nomlanadi.  Quyidagi talablarga javob bersangiz,  naturalizatsiya  uchun ariza yozishingiz mumkin:

1.         Besh yildan kam bo‘lmagan muddatda AQShda doimiy yashovchi sifatida istiqomat qilish (AQSh fuqarosi bilan nikohdan o‘tganlar yoki birga yashovchilar uchun uch yildan kam bo‘lmagan muddat);

2.         Oxirgi besh yil davomida AQSh hududida 30 oydan kam bo‘lmagan muddatda istiqomat qilish (AQSh fuqarosi bilan nikohdan o‘tganlar yoki birga yashovchilar uchun 18 oydan kam bo‘lmagan muddat);

3.         Ariza topshirgunga qadar o‘sha shtat yoki okrug hududida uch oydan kam bo‘lmagan muddat istiqomat qilish.

Agar quyidagi holatlarga mansub bo‘lsangiz,  siz uchun boshqa qoidalar ham amal qiladi:

–           Siz yoki vafot etgan ota-onangizdan biri,  turmush o‘rtog‘ingiz yoki farzandingiz AQSh Harbiy Kuchlarida xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa;

–           AQSh fuqarolarining farzandi bo‘lsangiz;

–           1986 yildagi Amnistiya to‘g‘risidagi qonunga ko‘ra,  AQShda doimiy yashash huquqini qo‘lga kiritgan bo‘lsangiz;

–           Qochoq maqomiga egasiz yoki AQShdan siyosiy boshpana topgansiz;

–           Xorijda doimiy yashovchi AQSh fuqarosi bilan nikohdan o‘tgansiz;

–           AQSh fuqarosi bo‘lmagan shaxs bilan nikohdan ajrashish tufayli AQSh fuqaroligini yo‘qotgansiz;

–           Ba’zi kompaniya va notijorat tashkilotlarida xizmat qilasiz.

Naturalizatsiya jarayoni haqida qaerdan ma’lumot olish mumkin?

18 va undan katta yoshdagi AQSh fuqaroligini olishni istovchi shaxslar M-476 Formasini (A Guide to Naturalization) olishi kerak.  Bu qo‘llanmada naturalizatsiyaning talablari haqida muhim ma’lumotlar mavjud.  Unga siz to‘ldirishingiz lozim bo‘lgan formalar ham ilova qilingan.

AQSh fuqaroligini olish huquqiga ega yoki yo‘qligingizni aniqlash uchun «A Guide to Naturalization” qo‘llanmasi oxiridagi “Naturalizatiya huquqini aniqlash uchun ro‘yxat” M-480 Formasini to‘ldiring.  AQSh fuqaroligini olish uchun ariza topshirish uchun N-400 Formasini to‘ldirish lozim.

M-476,  M-480 va N-400 Formalari blanklarini USCIS ning 1-800-870-3676 raqamlariga qo‘ng‘iroq qilib yoki uning vebsaytidan (www.uscis.gov) olish mumkin.

Dilorom ABDULLAEVA tayyorladi.

 

SHARE